Sovutkichdagi noxush hid – qanday yo’qotish va qanday parvarishlash kerak.

30 September 2020

Sovutkichdagi noxush hid – qanday yo’qotish va qanday parvarishlash kerak.

Sovutkich har bir oshxonada bor. Bu xonadon yoki ishxonada bo’lmasin, sovutkich oziq-ovqat mahsulotlarining yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Biroq ba’zan sovutkich eshigini ochar ekanmiz, uni tezda yopishni istab qolamiz. Sababi – sovutkichdan kelayotgan badbo’y hid. 

Hid paydo bo’lishining eng ko’p tarqalgan sabablari:

• buzilgan mahsulotlar;
• sovutkichni noto’g’ri tutish;
• mog’or paydo bo’lishi;
• ishdan chiqqan shamollatish timzimi;
• agregatning ichki detallari buzilishi;
• to’kish teshigining bitib qolishi.

- Texnik nosozliklar, shu jumladan tomchilash va eritish tizimidagi nosozliklar bilan bog’liq ravishda o’ziga xos “muattar hid” tarqatish muammosi servis markazi mutaxassislariga murojaat qilish yo’li bilan hal etiladi.

No Frost (“quruq muzlatish”) sovutish tizimi bo’lgan agregatni yiliga 2-3 marta yaxshilab yuvib turing. Tomchili eritish tizimi (“yig’loqi devor”) bo’lganlarini – oyiga kamida 1 marta. Yangi sovutkichdagi hidni yo’qotish uchun ichki devorlarini ichimlik sodasining eritmasi yoki yuvish vositasi bilan artib chiqing.

Agar ketkazish qiyin badbo’y hid tez-tez paydo bo’lsa, nima qilish kerak:
- sovutkichning devorlari va tokchalarini sirka eritmasi (teng qismlarda suv bilan chapishtirilgan) yoki limon sharbati (bir stakan iliq suvga 3-4 tomchi) bilan arting;
- pista yoki aktivlashgan ko’mirni maydalab, idishda sovutkichga bir sutkaga qo’ying – u o’tkir hidlarni o’ziga singdirib oladi;
- turg’un hidni novshadil spirti yaxshi ketkizadi, u bilan kameraning devor va tokchalarini artish mumkin;
- iliq suvda eritilgan ichimlik sodasi (bir stakan suvga 3 osh qoshiq) ham yoqimsiz hidlarni samarali ketkizadi. Agar hid o’tkir bo’lsa, soda quyuqligini oshiring (bir stakan suvga 5-6 osh qoshiqda, quyuq bo’tqa hosil bo’lguncha) va tokchalarni artib chiqing.
Agregatning tokcha va devorlari qurib, hid chiqib ketishi uchun sovutkich eshiklarini ochiq qoldiring. 1-2 soatdan so’ng uni mahsulotlar bilan to’ldiring va elektr tarmog’iga ulang.

Sovutkichdagi mog’orni nima bilan yo’qotish mumkin?
Zamburug’larni quyidagi vositalar yordamida samarali ketkizadilar:
Oqartirgich — uning tarkibida natriy gipoxloriti mavjud bo’lib, zamburug’larning sporalarini o’ldiradi va ular ko’payishiga yo’l qo’ymaydi.
Vodorod peroksidi (3%) bakteriyalarni juda yaxshi zararsizlantiradi va mog’orni yo’q qiladi.
Agar ovqatga solinadigan sirkani zararlangan joyga haftada bir marta surtib turilsa, zamburug’lar rivojlanishining oldini oladi.
Novshadil spirti shisha va plitkadan zamburug’larni juda yaxshi ketkizadi. Sog’liqqa zarar yetmasligi uchun uni shamollatiladigan xonalarda qo’llash kerak.

Yodingizda tuting, sovutkichdagi aynigan hid faqatgina yoqimsiz bo’lib qolmasdan, balki u barcha mahsulotlarga singib ketadi, bu esa sizning sog’lig’ingiz uchun o’ta xavflidir. Tozalikni saqlang va sog’lom turmush kechiring!

Uzbek