Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo'lsin!

01 October 2020

Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo'lsin!

O'qish — nur deyishadi.

Bugun, hayotimiz yo'lini shu nur bilan yoritib kelayotgan aziz ustoz va murabbiylarni tabriklaymiz!

Aziz o'qituvchi, ustoz va murabbiylar, Siz oʼz xayotingizni, yosh avlodlarni tarbiyasidek sharafli ishga bagʼishlab, har kuni, ba'zida sezilmas qahramonlik bajarasiz - o'z bilimingiz va tajribangiz bilan o'rtoqlashasiz, qalbingizning bir qismini bolalar ko'ngliga joylaysiz va hayotlari davomida o'z yo'larini topishga yordam berasiz.

Sizning yuksak, masʼuliyatli va sharafli mexnatingizda zafarlar, oilaviy xayotingizda esa baxt va omad yor boʼlishini tilaymiz!